Namanganda “Mijozbay” ish tashkil etish natijasida yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Namangan shahridagi “Dashtbog” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan, “Dream liner tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati maxsus kiyim-kechaklar va erkaklar ko‘ylagi tikishga ixtisoslashgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda mahalliy aholi vakillaridan 40 nafari ishlamoqda.

 “AloqaBank” hamda Namangan shahar hokimiyati rahbariyatining tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqoti mobaynida, ularga muqaddam murojaat qilgan, tadbirkor - Anvarjon Raximovning xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishib chiqildi. Ushbu tadbirkorning murojaatida so‘ralgan kredit mablag‘lari ajratilib, unga taqdim etilgan taqdirda, mazkur korxonada qo‘shimcha ish o‘rinlari ochlib, yana 200 nafar aholining bandligi taʼminlanadi.

Bank mas’ullari tomonidan mijozning barcha imkoniyatlarini hisobga olgan holda, korxona rivojiga yangi zamin yaratilib, uni qo‘llab-quvvatlashga kirishildi.

Aloqa LIVE

1

5

8

6