Xususiy maktab faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Muxtorov Akademiya” MChJ rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda mavjud ehtiyoj va masalalar o‘rganildi.

Uchrashuv davomida korxona rahbari xususiy maktab faoliyati uchun kredit mablag‘lari hisobidan 5 dona avtobus xarid qilish istagini bildirdi.

Tadbirkorga AloqaBankning avtokredit mahsulotlari va ularning shartlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, korxona faoliyatini yanada kengaytirish uchun mavjud moliyalashtirish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berilib, kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan kelishib olindi.

1cdab1b4-f1fd-4c45-8b32-1241d5d6a964 b6dcf685-bb8e-4c10-bad3-534ddc58a1a6 af045f72-4d15-42eb-84f9-60edc2160d82 902faf5b-2d08-4575-954f-d38f3e9cc870 e38965f6-5903-44ab-812e-b31c48cd0f27