16 Apr 2025
Moliyaviy savodxonlik – har bir mahallaga!
AloqaBank va Markaziy bank bilan hamkorlikda “Global Money Week” doirasida keng ko‘lamli ijtimoiy loyiha — “Moliyaviy savodxon mahalla” boshlangan bo'lib, loyiha doirasida poytaxtimizning barcha mahallalarida zamonaviy kutubxonalar tashkil etilib, ular nafaqat kitob mutolaasi, balki zamonaviy bilimlarni o‘rganish maydoniga aylandi.
2025-yildan boshlab ushbu kutubxonalarda bolalar va o‘smirlar uchun moliyaviy savodxonlik mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi. Bankning malakali mutaxassislari tomonidan ilk mahorat darslari o‘tkazilib, unda quyidagi mavzular qamrab olindi:
• Pul mablag‘larini to‘g‘ri boshqarish;
• Jamg‘arma qilish va investitsiya asoslari;
• Byudjet tuzish va moliyaviy maqsadlarga erishish yo‘llari.
Bundan tashqari, loyiha doirasida o‘quvchilar uchun AloqaBank tomonidan unutilmas madaniy ekskursiya ham tashkil etildi. Maktab o'quvchilari O‘zbekiston tasviriy san’ati galereyasidagi noyob san’at asarlari, qadimiy tangalar va ularning tarixi bilan yaqindan tanishishdi.