Firibgarlarning yangi usullari: pullaringizni qanday himoya qilasiz?
Soxta to‘lov cheklari, yolg‘on davlat to‘lovlari, zararli ilovalar va soxta jarima xabarlari — firibgarlar pulingiz hamda shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish uchun turli usullardan foydalanmoqda.
AloqaBank kiberxavfsizlik xizmati 2026-yil kuzida O‘zbekistonda kuzatilgan firibgarlik sxemalarini jamladi.
Eng ko‘p uchrayotgan 5 ta firibgarlik sxemasi:
- Soxta to‘lov cheklari
Firibgarlar pul o‘tkazilganini tasdiqlovchi soxta chek yoki skrinshot yuboradi. Pul kelib tushganini tekshirmasdan mahsulotni topshirmang. - Soxta davlat to‘lovlari
“15 million so‘mgacha yordam puli” yoki “ijtimoiy to‘lov” va’da qiluvchi saytlar shaxsiy ma’lumot, pasport nusxasi yoki oldindan to‘lov talab qilishi mumkin. - Zararli APK-fayllar
“Yangi o‘zbekcha klaviatura” kabi nomdagi fayllar telefoningizdagi SMS va shaxsiy ma’lumotlarga kirish imkonini beruvchi zararli dastur bo‘lishi mumkin. - Soxta jarima xabarlari
Poytaxt Parking nomidan yuborilgan qarzdorlik haqidagi SMS va soxta havolalar orqali firibgarlar bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinmoqda. - Soxta yutuqlar
“Siz sovrin yutdingiz” degan qo‘ng‘iroqlar orqali sizni kredit yoki muddatli to‘lov rasmiylashtirishga undashlari mumkin. Natijada sovrin o‘rniga qarz bilan qolasiz.
O‘zingizni himoya qilish uchun 7 qoida:
- SMS va Telegram tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang.
- Noma’lum APK-fayllarni o‘rnatmang.
- Pul tushumini faqat o‘z bankingiz ilovasida tekshiring.
- Davlat to‘lovi yoki sovrinni olish uchun oldindan pul to‘lamang.
- Boshqa birov uchun o‘z nomingizga kredit rasmiylashtirmang.
- Shubhali havolalarni ochmang, jarima va qarzdorlikni rasmiy manbalardan tekshiring.
- Tanishlaringiz messenjer orqali pul so‘rasa, avval qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtiring.
Agar karta ma’lumotlaringizni kiritgan yoki shubhali operatsiyani sezgan bo‘lsangiz, kartangizni darhol bloklang va bankka murojaat qiling.
Shubhali vaziyatda shoshilmang — avval tekshiring. Moliyaviy xavfsizlik hushyorlikdan boshlanadi.