“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi – Surxondaryo viloyat bosqichi yakunlandi

3–11 mart kunlari Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining I-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 901 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Natijada 75 nafar ishtirokchi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

II-bosqich, 8-10 aprel kunlari bo’lib o’tgan viloyat bosqichi esa ilm, innovatsiya va startap g‘oyalarining haqiqiy maydoniga aylandi. Unda 72 nafar yosh iste’dod egalari o‘z g‘oyalarini taqdim etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan 20 nafar eng ilg‘or ishtirokchi g‘olib deb topilib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Har bir g‘olibga 3 750 000 so‘m miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Tanlov jarayonlari tajribali mutaxassislar tomonidan baholandi, xususan:

• Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassislari;

• Termiz davlat muhandislik-texnologiya instituti vakillari;

• IT-park rezidentlari;

• Yoshlar akademiyasi vakillari;

• Startap ekotizimining faol vakili — Startup Garage mas’ullari.

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” — bu yoshlarni ilm va innovatsiyaga ilhomlantiruvchi, ular orasidan kelajakning ixtirochilari va startap asoschilarini tanlab oluvchi loyiha.