Joriy yilning 11-13 sentyabr kunlari AloqaBankning IT-park binosida joylashgan o‘quv markazida ahil va professional jamoa shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadigan treninglar bo‘lib o‘tdi. Mazkur treninglar "Trenerlar uchun trening" va "Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari" mavzulariga bag‘ishlanib, undan asosiy ko‘zlangan maqsad - ichki trenerlarni qayta tayyorlash va ularning trenerlik mahoratini oshirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari haqidagi bilimlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Ishonamizki, mijozlarimizga xizmat ko‘rsatish sifati mazkur treninglardan so‘ng sezilarli tarzda oshadi. Shu boisdan ham barcha trening ishtirokchilarini kelajakdagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!