Farzandingizni xavfsiz moliyaiy xatti - harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish va moliyaviy savodxonligini oshirishni xohlaysizmi? AT «Aloqabank» farzandingizga pul mablag‘lari zarur bo‘lganda o‘ziga tegishli shaxsiy bank kartasiga o‘tkazish va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi individual dizayndagi bolalar «Humo» kartasini taklif qiladi.

Bolalar «Humo» kartasida farzandingizning ismi va familyasi yoziladi va bank kartasini ishlatishda bolada hech qandan muammo yuzaga kelmaydi. Bolalarning «Humo» kartasi ota yoki ona tomonidan doimiy nazorat va monitoring qilinadi.

Bolalar «Humo» kartasi 7 dan 16 yoshgacha bolalar uchun rasmiylashtiriladi va bolaning bankka kelishi shart emas.

Kerakli xujjatlar: 7 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning pasporti yoki tug‘ulganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, ota yoki onaning pasporti va arizasi.

Mazkur bank xizmati atigi 35 000 soʻmni (QQS bilan) tashkil qiladi.