24 Sen 2024
I O‘zbekiston-Ozarbayjon media-forumi: Raqamli asrda dezinformatsiyaga qarshi kurash.
2024-yilning 24-sentabr kuni Toshkentdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Ozarbayjon Respublikasi Mediani rivojlantirish agentligi hamkorligida I O‘zbekiston-Ozarbayjon media-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forum ikki davlat o‘rtasidagi media hamkorlikni mustahkamlash va raqamli asrda yuzaga kelayotgan muammolarni birgalikda hal qilish maqsadida tashkil etildi.
Media-forum “Raqamli asrda haqiqatni izlashda dezinformatsiyaga qarshi kurash” mavzusiga bag‘ishlanib, ikki davlat o‘rtasida media sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ning bir qismi sifatida o‘tkazildi. Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati shundaki, global miqyosda dezinformatsiya masalasi nafaqat davlatlar, balki jamiyatning barcha qatlamlari uchun muhim bo‘lib qolmoqda.