AloqaBank xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning shaxsiy rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi "kitob_сhallengе" muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu safar tanlangan kitob dunyoga mashhur psixolog va samaradorlik bo‘yicha ekspert Brayan Treysining “Samaradorlikning 21 yo‘li” asari bo‘ldi. Bir oy davomida kitobni o‘qib, asarni o‘zlashtirgan barcha ishtirokchilar uchun,oyni yakunida test sinovlari o‘tkazildi. Test savollariga birinchilardan javob topgan xodimlar bank rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. "Кitob_сhallengе" g‘oliblari: 1-o‘rin: Amaliyot HKXKM xodimi - Yusupov Islombek Ilxom o‘g‘li; 2-o‘rin: Samarqand HKXKM xodimi - Ruziyev Botirjon Raxmon o‘g‘li; 3-o‘rin: Bosh ofis, "Moliyaviy tahlil va strategiya" departamenti xodimi - Soliyev Bexzodbek Baxodirjon o‘g‘li. AloqaBank jamoasi nomidan barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va ularga doimo har ishda faol va muvaffaqiyatli bo‘lishlarini tilab qolamiz!