10 Dek 2024
10-13 dekabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida Respublika hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu yarmarka tadbirkorlar uchun nafaqat iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, balki o'z biznesini yurituvchi shaxslar o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-sotiq va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega.
Ko’rgazmada AloqaBank vakillari ham qatnashmoqda. Xususan, yarmarka doirasida tadbirkorlik subyektlari va sanoat vakillari AloqaBank tomonidan taklif qilinayotgan yangi kredit mahsulotlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
AloqaBank stendiga albatda tashrif buyuring va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun maxsus mo‘ljallangan yechimlardan habardor bo’ling. Bankning tajribali mutaxassislari tadbirkorlarga o‘z bizneslarini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha kerakli yechimlar bilan bo’lishadi.