28 Okt 2024
AloqaBank dunyoning yetakchi moliyaviy institutlari va fintech kompaniyalarini bir joyga to‘plab har yili o‘tkaziladigan SIBOS 2024 bank konferensiyasida ishtirok etmoqda. Mazkur konferensiya strategik masalalarni muhokama qilish va yangi biznes aloqalarini o‘rnatish uchun yahshi imkoniyat.
Hamkorlik muzokaralari: asosiy natijalar va kelishuvlar:
— AQShning "BNY Mellon" banki vakillari bilan uchrashuv doirasida, AQSh dollarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob ochish masalasi muhokama qilindi. Ushbu qadam AloqaBankning xalqaro maydondagi o'rnini mustahkamlash va dollar tranzaksiyalarini soddalashtirishga qaratilgan.
— "Nasdaq" moliyaviy texnologiya kompaniyasi bilan muzokaralar doirasida, xazna operatsiyalari uchun dasturiy ta’minot haqida muhokama qilindi. Bunday texnologiyalarni joriy etish bankka aktivlarni boshqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
— "Bank of China" vakillari bilan uchrashuv doirasida xalqaro loyihalarni moliyalashtirish uchun resurslarni jalb qilish va yuan hisob raqamini ochish masalasi muhokama qilindi.
— Xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun muhim qadam sifatida "Kapital Bank Ozarbayjon" bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki bank o‘rtasida o‘zaro pul o'tkazmalar uchun hisob raqamlarini ochish taklifi berildi.
AloqaBankning SIBOS 2024 konferensiyasidagi ishtiroki bankning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga va yangi hamkorlik eshiklarini ochishga xizmat qildi. Bu esa moliya sohasidagi yutuqlarni kengaytirishga va bankning yetakchi o‘yinchi sifatida o‘z o‘rnini yanada kuchaytirishga yordam beradi.