6 Dek 2023
Joriy yilning 6-dekabr kuni Xitoy davlatiga uyushtirilgan xizmat safari doirasida Sian shahrida joylashgan China Zheshang Bank Xi'an Branch vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xitoylik hamkasblar bilan tashkil etilgan uchrashuv davomida tomonlar AloqaBank uchun korrespondentlik hisobini ochish, savdoni moliyalashtirish, kredit liniyalarini jalb qilish, banknot bitimlarini tuzish, umumiy hamda IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolashdi.
Shuningdek, Sian shahrida Dunyoning eng katta banklaridan hisoblangan China Construction Bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar korrespondentlik hisobini ochish, yangi kredit linyalarini jalb qilish hamda g‘aznachilik operatsiyalariga bog‘liq loyihalarni muhokama qilishdi.