Ayollar tadbirkorligi – jamiyat tayanchi!
PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, AloqaBank Amaliyot HKXKM tomonidan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida yashovchi o‘zini o‘zi band qilgan yosh tadbirkor Ziyodullayeva Shahzodaga 100 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.
Ushbu mablag‘ evaziga Shahzoda o‘z xonadonida bolalarga qarash (enagalik) xizmatini yo‘lga qo‘ydi va qo‘shnisini yordamchi sifatida ishga olib, 2 ta yangi ish o‘rni yaratdi.
Bu tashabbus:
-
Mahalliy bandlikni oshirish,
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini kuchaytirish,
-
Hududiy xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
AloqaBank – har bir orzuning yo‘lbo‘yidagi hamrohi!