AT “Aloqabank” rasmiy ambassadori Nodirbek Abdusattorov Norvegiyada o‘tkazilayotgan nufuzli “Norway Chess” turnirining blits yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. Nodirbek 9 ta tur o‘yinlarida ham ajoyib natija qayd etdi.

Bugun, 30-maydan musobaqaning klassik bahslari boshlanadi.

Ma’lumot uchun, turnirning mukofot jamg‘armasi 2 500 000 norvegiya kronasini (taxminan 230 ming AQSH dollari) tashkil etadi. Gʻolib shaxmatchi 750 000 norvegiya kronasini (taxminan 69 ming AQSH dollari) qo‘lga kiritadi.

Nodirbek Abdusattorovni turnirni muvaffaqiyatli boshlagani bilan tabriklaymiz va navbatdagi o‘yinlarda omad hamda g‘alabalar tilaymiz!