AT "AloqaBank" ilk bor 300 million AQSH dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Obligatsiyalar 5 yil muddatga, yillik 7,7 foiz kupon stavkasi bilan chiqarildi va London Fond Birjasida ro'yxatdan o'tkazildi.
Investorlar tomonidan emissiyaga katta qiziqish bildirildi — buyurtmalar hajmi rejalashtirilgan summadan qariyb to'rt baravar yuqori bo'ldi. Bu esa xalqaro investorlarning O'zbekiston iqtisodiyoti va AloqaBank faoliyatiga bo'lgan ishonchi yuqori ekanligini ko'rsatadi. Bitimda Citibank, Mashreqbank, First Abu Dhabi Bank hamda Abu Dhabi Commercial Bank bank-anderrayterlar sifatida ishtirok etdi.
Ushbu muvaffaqiyatli emissiya AloqaBank uchun xalqaro moliya bozorlaridagi yangi bosqichni boshlab berib, bankning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro investorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.