Sizni, 2023 yil 20 dekabr kuni soat 10:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali bo‘lib o‘tadigan AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga taklif etamiz.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. AT “Aloqabank”ning ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish va ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar matnini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. AT “Aloqabank” keyingi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishigacha affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni maʼqullash.
AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023 yil 24 noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga asosan Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida habardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2023 yil 24 noyabr. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2023 yil 14 dekabr.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2023 yil 20 dekabr soat soat 1000 dan 1100 da to‘xtatiladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar bilan bankning www.aloqabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Maʼlumot uchun telefonlar: 71-232-83-67.