17 Okt 2024
15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari uchun Meta kompaniyasi vakillari ishtirokida dolzarb mavzularda o‘quv-seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi davlat axborot xizmatlari zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish va ularning axborot xavfsizligi, dezinformatsiyaga qarshi kurash borasidagi savodxonliklarini oshirishdan iborat edi.
Seminar davomida ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash va dezinformatsiyaga qarshi kurashish masalalari keng muhokama qilindi. Meta kompaniyasi vakillari zamonaviy xavfsizlik choralari, soxta axborotlar va zararli kontent tarqalishining oldini olish bo‘yicha o‘z tajribalari va yechimlarini taqdim etishdi. O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va davlat organlari axborot xizmatlari uchun texnologik vositalar orqali kurashish strategiyalari haqida fikr almashildi.
Koʻrishlar: 16