AloqaBankda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Bank tizimida shaffoflikni ta'minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish va xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish — biz uchun ustuvor vazifa. Shu maqsadda, AT "Aloqabank" xodimlari uchun Zoom platformasi orqali "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda bankning Komplayens nazorat boshqarmasi boshlig‘i E. Amonov ma'ruza qilib, bank faoliyatida manfaatlar to'qnashuvini o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish muhimligini ta'kidladi.
Asosiy e'tibor quyidagi jarayonlarda qat'iy xolislikni ta'minlashga qaratildi:
- Xodimlarni ishga qabul qilish;
- Xaridlar va kredit ajratish;
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish.
Shuningdek, qaror qabul qilishda shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, axborotning to'liqligi va haqqoniyligini ta'minlash hamda kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish zarurligi qat'iy belgilandi.
Mazkur o‘quv-seminar bankda halollik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash hamda komplayens madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.