Navoiyda yangi imkoniyatlar eshigi ochildi: AloqaBankning “Yoshlar biznes inkubatori” ish faoliyatini boshladi!

AloqaBank tomonidan Navoiy viloyatida tashkil etilgan ushbu markaz yoshlarning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi, ishga joylashishi hamda tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga yordam berish uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Inkubator ishtirokchilari endilikda quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:

  • Ishga joylashish: Ish topish va bandlik bo‘yicha amaliy yordam;
  • Mutaxassislar ko‘magi: Moliyaviy va kasbiy maslahatlar;
  • Zamonaviy sharoitlar: Bepul ta’lim dasturlari, qulay darsxonalari va muzokara xonalaridan foydalanish;
  • Professional aloqalar: Tajribali mentorlar bilan ishlash, bilim va tajriba almashish;
  • Sarmoya jalb qilish: Istiqbolli biznes loyihalari uchun AloqaBank’ning imtiyozli kreditlari yoki AloqaVentures investitsiyalariga ega bo‘lish.

AloqaBank yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Yangi markaz hudud yoshlari uchun ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarning debochasi bo‘lishiga ishonamiz!

Dasturda ishtirok etish istagidagilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin
Yoshtadbirkorlar.uz


photo_2026-11-11 12.16.46photo_2026-11-11 12.16.46 (1)photo_2026-11-11 12.16.47photo_2026-11-11 12.16.45 photo_2026-11-11 12.16.44photo_2026-11-11 12.16.52photo_2026-11-11 12.16.49photo_2026-11-11 12.16.50photo_2026-11-11 12.16.51