3 Iyul 2026
"AloqaBank"— navbatdagi xalqaro eʼtirof!
Moodyʼs Aloqabankning uzoq muddatli depozit reytingini B1 darajasidan Ba3 darajasiga oshirdi. Shu bilan birga, bankning b2 darajasidagi BCA (Bazaviy kredit bahosi) va Adjusted BCA (Tuzatilgan bazaviy kredit bahosi) reytinglarini tasdiqladi. Uzoq muddatli depozit reytingi bo‘yicha barqaror (stable) prognoz saqlab qolindi.
Tahlilchilar fikricha Aloqabankning b2 BCA reytingining tasdiqlanishi, operatsion muhitdagi yaxshilanishlar bankka kelgusi 12–18 oy davomida o‘zining kredit ko‘rsatkichlarini saqlab qolish imkonini beradi. Hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, kapital qo‘yilmalari va moliyalashtirish yordami bankning mustaqil kredit salohiyatiga bosimni yumshatishga xizmat qiladi. Ushbu bosimlar asosan rentabellikning pasayishi hamda aktivlarning tez sur'atlarda o‘sishi natijasida kapital yetarliligiga tushayotgan bosim bilan bog‘liq.
Uzoq muddatli depozit reytingining B1 dan Ba3 ga oshirilishi b2 BCA reytingining tasdiqlangani hamda O‘zbekiston hukumati tomonidan bank qo‘llab-quvvatlanishi ehtimoli yuqori ekanligi haqidagi baholarga asoslanadi. Bu baho davlatning bankdagi bevosita va bilvosita ulushi 80 foizdan ortiq ekanligi, shuningdek, Aloqabankning hukumat tomonidan yo‘naltiriladigan kredit dasturlarini amalga oshirishdagi muhim o‘rni bilan izohlanadi.
Natijada hukumat qo‘llab-quvvatlashi hisobiga bank reytingiga beriladigan qo‘shimcha baho avvalgi bir pog‘ona o‘rniga endilikda ikki pog‘onani tashkil etmoqda.