4 Dek 2024
Navoiy shahridagi Mahmud Тarobiy ko‘chasida joylashgan AloqaBank Navoiy shahar kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazining yangi binosi rasmiy ish faoliyatini boshladi. Markazda yuridik va jismoniy shaxslar uchun barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatiladi.
Binoning ochilish marosimi doirasida markazning faoliyat yo‘nalishlari, mijozlarga taklif etilayotgan xizmatlar va zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan qulayliklar taqdimot qilindi. Bu yangi markazning ish boshlashi bank xizmatlarining sifatini oshirish, aholining moliyaviy ehtiyojlarini yanada samarali qondirish va mijozlar bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.