Joriy yilning 28-sentabr kuni UZCARD homiyligida o‘tkazilgan Bank Futbol Ligasi III-turnirida AloqaBank jamoasi yana bir yorqin g‘alabaga erishdi! Turnir davomida AloqaBank futbolchilari Garant bank jamoasini 9:1 hisobi bilan mag‘lub etib, barcha muxlislar va ishtirokchilarning e’tiborini tortdi. Bu ajoyib natija AloqaBank jamoasining kuchli ruhiyati va professionalligining yorqin tasdig‘idir. Ularning o‘yin jarayonidagi hamjihatligi va mahorati nafaqat raqiblarini, balki tomoshabinlarni ham hayratga soldi. AloqaBank futbolchilar jamoasiga keyingi o‘yinlarda ham faqatgina omad tilab qolamiz! Biz siz bilan faxrlanamiz va ishonamizki, oldinda yanada ko‘plab g‘alabalar kutmoqda!