Joriy yilning 5-oktabr kuni UZCARD homiyligida o‘tkazilayotgan Bank Futbol Ligasida AloqaBank jamoasi navbatdagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan hammamizni quvontirdi. Jamoamiz kuchli raqib — InfinBank jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etib, ajoyib natijani qayd etdi. Ushbu g‘alaba AloqaBank futbolchilarining yuqori darajadagi mahorati va jamoaviy harakati natijasi bo‘lib, jamoamizni keyingi bosqich — 1/4 finalga olib chiqdi. Hamkasblarimizni mazkur g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda turgan bahsda ham ularga omad tilab qolamiz. AloqaBank jamoasi uchun bor kuchimiz bilan muxlislik qilamiz!