Ma'lumot uchun Shavkat Toʻraev 2022-yilning noyabr oyida poytaxtimizdagi “IN PLUS” o‘quv markazi tomonidan tashkil qilingan Xalqaro IAPBE tashkilotining Financial Accounting to International Reporting Standards (IFRS) dasturini tamomlab, “MHXS bo‘yicha sertifikatlangan bosh buxgalter” va DipAFR (Advanced Financial Reporting) diplomini qoʻlga kiritgandi.
IFRS dasturi boʻyicha oʻqib, imtihon topshirish jarayonidagi erishgan yutuqlari va yuqori ball (94) toʻplaganligi uchun IAPBE komissiyasining qaroriga asosan IAPBE tashkilotining “Leader of the Year 2023-2024” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
London shahridagi Britaniya Parlamentlar binosida “Leader of the Year 2023-2024” nominatsiyasi boʻyicha tashkil qilingan xalqaro taqdirlash marosimida ishtirok etib, mazkur nominatsiyani qoʻlga kiritdi. Shuni taki'dlash joizki, Oʻzbekistondan jami 8 kishi ushbu nominatsiyaga sazovor boʻlishdi.
Hamkasbimiz, AloqaBank Ichki audit xizmati boshligʻi — Shavkat Toʻraevga kelgusi ishlarida va tanlovlarda ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz!