23 May 2025
AloqaBank Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
22-may kuni Buxoro viloyatida AloqaBank rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Unda mahalliy tadbirkorlar, yosh tadbirkorlikka qiziqqanlar hamda eksportchi korxonalar vakillari ishtirok etdi.Uchrashuv davomida tadbirkorlarning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ularning yechimlari, ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari va bank xizmatlari yuzasidan ochiq suhbatlar olib borildi. Tadbir ishtirokchilariga:
- “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi (PQ–312);
- “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” instrumenti (PF–193);
- AloqaBank tomonidan taqdim etilayotgan zamonaviy bank xizmatlari tanishtirildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va tezkor yechim topish maqsadida mahallalarda amaliy o‘rganish ishlari ham olib borildi.