Qurbonov Alisher Samadovich dunyodagi eng nufuzli uchta universiteti MBA dasturida o‘qish bo'yicha taklif oldilar

Jumladan:
1. University of Cambridge (Judge Business School)
2. University of Manchester (Alliance Business School)
3. University of Glasgow (Adam Smith Business School)

Bu ajoyib yutuq hamkasbimizning yuksak professionalizmi va maqsadga intilishini tasdiqlaydi. Ishonchimiz komil, kelajakda yana-da katta muvaffaqiyatlar va yangi marralar kutib turibdi!

AloqaBank jamoasi nomidan Alisher Samadovichni tabriklaymiz va keyingi ishlarida ham g‘alabalar yor bo’lishini tilaymiz!


Maʼlumot uchun:
Kembridj Universiteti Buyuk Britaniyaning va dunyoning eng qadimiy universitetlaridan biri bo‘lib (1209 yil tashkil topgan), butunjahon oliy o‘quv yurtlari reytingida "yetakchi beshlik"da qayd etiladi.

Manchester Universiteti Buyuk Britaniyaning (Oksford Universiteti va Kembridj Universitetidan keyin) uchinchi yetakchi universtiteti hisoblanadi. Reyting tuzuvchilar mazkur universtitetni ixtisoslashgan universtitetlar orasida dunyoda 8-o‘rinda qayd etgan.

Glazgo Universtiteti Buyuk Britaniyaning qadimiy universitetlaridan biri (1451 yil tashkil topgan), Shotlandiyaning eng qadimiy universiteti. Ayrim mashhur renkinglarda mazkur universtitet Buyuk Britaniyada to‘qqizinchi, dunyoda esa 51-o‘rinda qayd etilgan.