2 Apr 2025
AloqaBank bilan startapga birinchi qadam
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida AloqaBank Xorazm HKXKM vakillari tomonidan oliygoh bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida "Start-up 101" dasturining dastlabki seminari o'tkazildi.
Seminar-trening davomida bank mas'ul xodimlari talaba-yoshlarga bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, turli sohalar bo'yicha biznes rejalar tuzish hamda tadbirkorlik bo'yicha kredit hujjatlar tayyorlash yuzasidan zarur tavsiyalar berishdi.
Dasturdan asosiy maqsad o'z biznes loyihasini amalga oshirish istagida bo'lgan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g'oyalarini tayyor loyihagacha olib borish jarayonida yordam berishdan iboratdir.