O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan “Tadbirkor ayol-qahramon ayol” xotin-qizlar forumi o‘z ishini boshladi.  Mazkur tadbir ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini kasbga hamda tadbirkorlikka jalb qilishda Hukumatimiz bilan hamkorlikda muayyan ishlar olib borayotgan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirda 250 dan ziyod mehmonlar, jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari, tadbirkorlar, fermerlar, bank vakillari va ijtimoiy himoya yagona reyestridagi xotin-qizlar ishtirok etmoqda.