AloqaBank xalqaro sarmoyadorlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish yo‘lida amaliy qadamlar tashlamoqda.
AloqaBank, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xalqaro aloqalar bo‘limi hamda Xitoy va Bangladeshning yirik to‘qimachilik kompaniyalari — ChangShu HeGui Textiles Co., Ltd. va Comoda Garments Limited rahbariyati ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi hududida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.
- O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish;
- Yangi ish o‘rinlari yaratish;
- Erkin iqtisodiy zonalarda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish
- Mahalliylashtirish va eksport salohiyatini oshirish;
- Bank bilan hamkorlikda ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish.
Shuningdek, uchrashuvda xorijiy investorlar O‘zbekistonda mahalliy ishchi kuchi asosida eksportga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdilar. Tomonlar ilk pilot loyihalarni joylarda amalga oshirish va aniq “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.