
10 Avg 2024
Ishonch— xodimlar uchun eng katta ilhom manbai!
AloqaBank xodimlarini birlashtirish, dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish va ish samaradorligini oshirish maqsadida, joriy yilning avgust oyining birinchi dam olish kunlarida Surxondaryo viloyatida joylashgan "Sangardak" sanatoriyasida “Jamoada ishlash, mijozlarni jalb qilishda samarali muloqot ko‘nikmalari” mavzusida Surxondaryo HKXKM xodimlari uchun trening tashkil etildi.
Treningning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida samarali jamoa tuzishni, mijozlar bilan muloqot va ularni jalb qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat edi.
Shuningdek, ekoturizmni rivojlantirish va jamoa ruhini mustahkamlash maqsadida, sanatoriyaning go‘zal tabiati qo‘ynida team building tadbirlari ham o‘tkazildi. Tadbir doirasida tog‘li hududlarga sayohat tashkil etildi. Bu esa o'z navbatda xodimlarga bir-birlarini yangidan kashf qilish, yangi do‘stlik aloqalarini o‘rnatish va jamoa sifatida ishlashning yangi qirralarini o‘rganish imkonini berdi.
AloqaBank rahbariyati va
Kasaba uyishmasi qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilmoqda. Har bir xodimning rivojlanishi va farovonligi bankning umumiy muvaffaqiyatiga xizmat qiladi.