Qoshoqov Oyatillo, Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Boymahalla MFY, Obihayot ko‘chasida yashovchi yosh tadbirkor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-sonli qarori doirasida AloqaBank orqali 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit oldi. 

Bugungi kunda Oyatillo ushbu texnik uskunalar yordamida o‘z faoliyatini yanada kengaytirib, mahalla aholisi va mijozlariga qurilish va ta’mirlash bo‘yicha sifatli va samarali xizmatlar ko‘rsatmoqda. 

Bu kabi tashabbuslar yoshlarning bandligini ta’minlash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va mahalliy iqtisodiyotga hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda.