AloqaBank "Ichki audit xizmati" “Tahlil va auditni rejalashtirish” bo‘limi boshlig‘i Xanaliyev Botir Baxtiyorovichni ilmiy faoliyatida erishgan yutug'i — Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olganlari bilan tabriklaymiz! Hamkasbimiz ilmiy izlanishlarini tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratib, chuqur o'rgandi. “Tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlash yo‘llari” mavzusidagi tanlangan tadqiqot ishi bank sohasining barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ilmiy ish daromad bazasini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va tijorat banklarining rentabelligini oshirish bo‘yicha samarali uslub va strategiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo'lib, bank faoliyatida innovatsion yechimlar va yangi ishlanmalar manbai sifatida xizmat qilishi aniq. Botir Baxtiyorovichga yangi ilmiy izlanishlar, kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yanada yuqori marralarni zabt etishida omad yor bo’lishini tilaymiz!