29 Okt 2024
Xorazm viloyatida o‘tkazilgan 2024-yilgi “Hokim kubogi” musobaqasida tijorat banklari va Markaziy bankning Xorazm viloyati bosh boshqarmasi jamoalari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. AloqaBank Xorazm HKXKM jamoasi ajoyib o‘yin ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni egalladi!
Natijalar:
AloqaBank — 1-o‘rin
Xalq Bank — 2-o‘rin
Mikrokreditbank — 3-o‘rin
AloqaBankning barcha xodimlari va sportchilarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Jamoamiz o‘zining birdamligi, kuch-g‘ayrati va qat’iyatini yana bir bor namoyon etdi. Bankimizning nafaqat moliyaviy sohada, balki sportda ham yetakchi ekanini isbotlagan jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz va kelgusida ham g‘alabalar tilaymiz!