Hanchjou shahrida AloqaBank vakillaridan iborat delegatsiya Zhejiang Chouzhou Commercial Bank mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar savdoni moliyalashtirish, kredit liniyalarini jalb qilish, g‘aznachilik operatsiyalari, loyihalarni moliyalashtirish hamda ularni qayta moliyalash yuzasidan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlanitirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolashdi.

Ta’kidlash joiz, 2023-yil iyun oyida AloqaBank Chjejiang Chouzhou Commercial Bankida o‘z korrespondent hisob raqamini AQSH dollari va Xitoy yuanida ochgan edi.