O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi va GLOBALEXPO ko‘rgazma kompaniyasi hamkorligida Toshkentda, 15-17 oktabr kunlari, “O‘zekspomarkaz” 4-pavilionida “Banks&Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda AloqaBank o‘zining informatsion stendi bilan qatnashmoqda. Bank stendi orqali tashrif buyuruvchilarga bankning yangi mahsulotlari, moliyaviy xizmatlari va mijozlarga taklif etilayotgan imtiyozlar haqida ma'lumot beriladi. Ko‘rgazmaga barcha qiziquvchilar, bank sohasi mutaxassislari va tadbirkorlarni taklif qilamiz: https://maps.app.goo.gl/qDpCnKnnqEcTkgtKA?g_st=com.google.maps.preview.copy