Bank xodimlarini birlashtirish, dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish va ish samaradorligini oshirish maqsadida, AloqaBank rahbariyati va Kasaba uyishmasi qo'mitasi tomonidan joriy yilning 5-6-oktabr kunlari AloqaBank Farg'ona Hududiy kompleks xizmat ko'rsatish markazi xodimlari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Mazkur sayohat ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari asosida o‘tkazilib, ichki turizmni rivojlantirish va jamoaviy birlashuvni kuchaytirish maqsadini ko‘zlagan. Sayohat Go‘ri Amir maqbarasidan boshlandi, undan so‘ng Registon maydoniga tashrif buyurilib, Tillaqori va Sherdor madrasalarining boy tarixi bilan tanishildi. Xodimlar tarixiy joylarda unutilmas lahzalarni estalik suratlarida muhrlab oldilar. AloqaBank nafaqat mijozlarimiz uchun sifatli xizmat ko‘rsatishni, balki xodimlarimizning yaxshi dam olishlari va madaniy boyliklarimizni kashf qilishlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.