AloqaBank: xalqaro hamkorlikda yangi qadam!

«AloqaBank» va Osiyo taraqqiyot banki (ADB) hamkorligida amalga oshirilayotgan ESG (Environmental, Social and Governance – ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) salohiyatini oshirish va tatbiq etish dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Shu munosabati bilan AloqaBank Bosh ofisida sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda AloqaBank boshqaruvi raisi Kammuna Irisbekova, bank boshqaruvi a’zolari hamda Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha xususiy sektorni rivojlantirish mintaqaviy rahbari Enriko Pinali ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro tegishli hujjatlar imzolandi va dasturning navbatdagi bosqichiga rasman start berildi.

Ushbu tashabbus AloqaBankning ESG tamoyillarini o‘z strategiyasi, risklarni boshqarish tizimi va biznes jarayonlariga chuqur joriy etish, shuningdek, O‘zbekistonda barqaror moliyalashtirishni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarining muhim qismidir.

AloqaBank Osiyo taraqqiyot bankiga ko‘rsatilgan ko‘mak, ekspertlar tajribasiga asoslangan samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi.

Bank kelgusida ham ESG transformatsiyasi yo‘nalishidagi ishlarni davom ettirib, barqaror moliyalashtirish tashabbuslarini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

DSC04625