AloqaBank va KfW IPEX Bank hamkorligi: 45 million dollarlik yangi moliyaviy kelishuv

AloqaBank xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish doirasida KfW IPEX Bank bilan qisqa va uzoq muddatli kredit mablag‘lari jalb qilish, yashil va atrof-muhitni saqlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek o’zaro tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Muzokaralar natijasida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida 45 mln AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini jalb etish yuzasidan Kelishuv imzolashdi. 

Mazkur hujjat AloqaBank mijozlari uchun xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalariga kirish imkoniyatini oshiradi, jumladan, Yevropa va Turkiyadan import shartnomalarini moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Germaniyaning KfW IPEX Bank 2008-yildan boshlab KfW guruhi tarkibida mustaqil eksport va loyiha moliyalashtirish instituti sifatida faoliyat yuritib keladi. Bank global miqyosda iqlim moliyalashtirish, infratuzilma rivojlantirish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda ishlaydi. 




4

2

5

3

1