15 Noy 2024
Joriy yilning 15-noyabr kuni AloqaBank Bosh ofisida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ekspertlari ishtirokida ekologik va gender asoslarini bank jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminar davomida JICA mablag‘lari hisobidan tadbirkorlarga kreditlar ajratish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, kredit portfelining risklarini baholash hamda muddati o‘tgan kreditlar bilan ishlash usullari muhokama qilindi.
Tadbir davomida xalqaro ekspertlar o‘z tajribalarini ulashib, xodimlarning ijtimoiy, ekologik va gender omillarini bank faoliyatiga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. Ushbu seminar AloqaBank xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mijozlar uchun yanada sifatli
moliyaviy xizmatlarni taqdim etishda navbatdagi yo‘nalish.