AloqaBank – sizning ishonchli biznes hamkoringiz!

AloqaBank rahbariyati tomonidan Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — joylardagi tadbirkorlarning dolzarb muammolarini bevosita tinglash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatida uchrayotgan qiyinchiliklar, xususan, kredit olishdagi to‘siqlar, kafillik va ta’minot bilan bog‘liq talablar, shuningdek, imtiyozli moliyaviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlar haqida ochiq fikr bildirishdi. Bank rahbariyati va mutaxassislar ushbu masalalarni birma-bir ko‘rib chiqib, mavjud bank xizmatlari va moliyaviy echimlar haqida atroflicha tushuntirish berishdi.

Muloqot davomida faktoring xizmatlari alohida e’tiborda bo‘ldi. Bank vakillari ushbu xizmatning afzalliklari — likvidlikni tezkor ta’minlash, qarzdorlik xavfini kamaytirish, pul aylanmasini barqarorlashtirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot taqdim etishdi. Ayniqsa, tovarlarni muddatli sotayotgan, lekin pul oqimida uzilishlar yuzaga kelayotgan tadbirkorlar uchun faktoring – zamonaviy va qulay yechim sifatida namoyish etildi.