2024-yil 17-sentabrdan 20-sentabrgacha Toshkentda bo‘lib o‘tgan “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi doirasida AloqaBank ham o‘zining stendi bilan ishtirok etdi. Mehmonlar va bank mijozlari uchun maxsus "Omad kartasi" aksiyasi tashkil etilib, unda qatnashish esa yengil edi. Har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha AloqaBank stendiga tashrif buyurib, istalgan bank kartasiga buyurtma bergan mijozlar (“Zoomrad” mobil ilovasidagi virtual kartalar bundan mustasno) avtomatik tarzda aksiyada qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Aksiyada qatnashish uchun shuningdek, mijozlar "Zoomrad" mobil ilovasida o‘z shaxsini tasdiqlashi (https://zoomrad.uz/mobile-app) kerak edi. Natijada, omadi kulgan g'oliblarimiz quyidagi qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritdilar: - MacBook Pro (Yuldasheva Istora) - iPad Pro (Tuxtaxanov Saidolimxon) - iPhone 14 Pro (Shonasirov Davronbek) Shunday qilib, aksiya ishtirokchilari nafaqat bank xizmatlarining afzalliklaridan bahramand bo‘lishdi, balki yirik sovg'alar yutib olish imkoniyatiga sazovor bo‘lishdi! Bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etadi! Bizni kuzatishda davom eting va omadingizni sinab ko'ring!