8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni muborak bo’lsin! Yangilangan Konstitutsiya nafaqat huquqlarimizning kafolati, balki farovon kelajak sari mustahkam poydevoridir. Ushbu qonunlar majmuasi xalqimizning tinchligi va baxt-saodati uchun xizmat qilishi, mamlakatimizni yangi marralarga yetaklashi shubhasiz. Shu qutlug‘ kunda sizga va yaqinlaringizga tinchlik-osoyishtalik, baxt va baraka tilaymiz. Har bir xonadonda shodlik va farovonlik hukm surib, yurtimiz doimo tinchlik va osoyishtalik maskani bo‘lsin! O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.