
19 Okt 2024
"Banks&Business Expo2024" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida AloqaBank tomonidan o‘tkazilgan "Omad kartasi" aksiyada ko'rgazma mehmonlari stendga tashrif buyurib, istalgan bank kartasini ochtirish orqali avtomatik ravishda aksiyada qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.
Kecha ko'rgazmaning yakuniy kuni bo'lgan va quyidagi g'oliblar aniqlandi:
- Zokirova Muslima birinchi o'rinni egallab, eng omadli ishtirokchilar qatoridan joy oldi;
- Isroilov Javohir ikkinchi o'rinni qo‘lga kiritdi;
- Mirzaqulov Miraziz uchinchi o'rin sohibi bo'ldi.
AloqaBank ushbu aksiyani o‘tkazish orqali mijozlar bilan aloqalarini mustahkamlashni va bank xizmatlarini yanada ommalashtirishni maqsad qilgan. Aksiyada qatnashgan har bir mijoz nafaqat bank mahsulotlarining yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rish, balki qimmatli sovg‘alar: IPhone 16, IPhone 16 Pro va IPhone 16 Pro Max smartfonlarni yutib olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.
Bankning bu tashabbusi mijozlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘rgazma davomida AloqaBank stendi eng ko‘p tashrif buyurilgan joylardan biriga aylandi.