Kibergigiyena nima?
Kibergigiyena — bu sizning pulingiz va ma’lumotlaringizni himoya qilishga yordam beradigan oddiy kundalik odatlar.
Bu sizning moliyaviy mablag‘laringiz va ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlash uchun har kuni amal qilinishi zarur bo‘lgan asosiy qoidalardir.
1. Kuchli parollar — sizning birinchi himoyangiz
Yomon:
- 123456
- tug‘ilgan sana
Yaxshi:
- Murakkab kombinatsiyalar (harflar + raqamlar + belgilar)
- har bir xizmat uchun alohida parol
Maslahat: Parollar menejeridan foydalaning
2. Telefonni bloklash — majburiy
Himoyalanmagan telefon — qulfsiz qolgan hamyon demakdir.
Yoqing:
- PIN-kodni
- Face ID yoki barmoq izini
- Ekran avtobloqlanishini
3. Ilovalarni va tizimni yangilab boring
Yangilanishlar — bu shunchaki “dizayn” emas, bu — xavfsizlikdir.
Ular firibgarlar foydalanadigan zaifliklarni bartaraf etadi.
Yangilanishlarni ortga surmang.
4. Ilovalarni faqat rasmiy manbalardan yuklang
Faqat:
- App Store
- Google Play
Xavfli:
- Telegram/saytlardan olingan APK fayllar
- Modifikatsiya qilingan ilovalar
- noma’lum saytlar
Tashqi ko‘rinishidan "bankkа" o‘xshasa ham
5. Havolalar va fayllar bilan ehtiyot bo‘ling
Quyidagi havolalarga kirmang:
- SMS orqali kelgan
- noma’lum xabarlardagi
- hatto “tanishlar” kelgan bo‘lsa ham (ularning akkaunti buzilgan bo‘lishi mumkin).
Quyidagilarni ochmang:
- shubhali PDF-fayllarni
- noma’lum manbalardan olingan fayllarni
6. Kodlarni va shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga aytmang
Buni bir umrga eslab qoling:
SMS-kod — bu pullaringiz kalitidir
Kodni berish — pullaringizga yo'l ochib berish demakdir.
7. Bank amaliyotlari uchun ochiq Wi-Fi dan foydalanmang
Kafe, aeroport savdo markazlarida firibgarlar ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashlari mumkin
-
Mobil internetdan yoki xavfsiz tarmoqlardan foydalaning
-
Tekshiruv ro‘yxati
-
Kuchli parollar
-
Telefon himoyalangan
-
Ilovalar yangilangan
-
APK yuklamayman
-
Shubhali linklarga kirmayman
- Kodni hech kimga bermayman
Eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato
Odamlar: “Bu holat mening boshimga tushmaydi”, deb o‘ylashadi.
Firibgarlar aynan shunga tayanadilar.