Ijtimoiy muhandislik nima?
Bu — firibgarlar tizimni buzmaydi, sizni o‘zingiz harakat qilishga majbur qiladi.
Ular quyidagilarga ta’sir qiladi:
- qo‘rquv
- shoshilinchlik
- ishonch
Eng ko‘p uchraydigan holatlar
1-stsenariy: “Bank xodimi”
— Salom, bank xavfsizlik xizmati
— Hisobingizda shubhali operatsiya bor
— Kodni ayting
Aslida: Firibgarning amaliyotini siz o‘zingiz tasdiqlaysiz.
2-stsenariy: “Tanish kishi pul so‘ramoqda”
— Aka, yordamingiz kerak, shoshilinch!
— Gaplasholmayman, hozir karta raqamini tashlayman
Aslida: Tanishishingizning akkaunti buzib kirilgan.
“Siz yutdingiz / investitsiya”
— Siz foyda oldingiz
— Akkountni tasdiqlash kerak
— Kodni kiriting
Aslida: Siz akkountingiz yoki kartangizga kirish huquqini berayapsiz.
Firibgarlar qanday usullar ishlatadi
- Shoshilinch – zudlik bilan tasdiqlang
- Qo‘rqitish – mablag‘laringiz xavf ostida
- Avtoritet - men bankdanman / xavfsizlik xizmatidanman
- Ishonch uyg‘otish - men sizning tanishingizman/hamkasbingizman
Maqsad — siz o‘ylab ulgurmasligingiz
Firibgarlikning asosiy belgilari
Agar sizga:
- qo‘ng‘iroq qilib, qo‘rqitishsa
- qaror qabul qilishni shoshiltirishsa
- kod, parol yoki pul o‘tkazishni so‘rashsa
- go‘shakni qo‘ymaslikni buyurishsa
Bu firibgarliklar.
To‘g‘ri harakat
- Suhbatni to‘xtating
- Bankka o‘zingiz (rasmiy raqam orqali) qo‘ng‘iroq qiling
- Ma’lumotni tanishingiz orqali tekshiring (agar u kishi nomidan yozishayotgan bo‘lishsa)
Hech qachon bosim ostida harakat qilmang
Eng xavfli xato
“U juda ishonchli gapirdi, men unga ishondim”
Firibgarlar ishontirib gapirishga o‘rgatilgan.
Bu ularning ishi.
Eslab qoling
- Bank hech qachon telefon orqali kod so‘ramaydi
- Hech kim sizdan pullaringiz bilan shoshilinch harakatlar qilishni talab qilishga haqli emas
Agar sizni shoshiltirishsa — demak, sizni aldashmoqda.