Kredit haqida
|
№ |
Ko‘rsatkichlar |
Asosiy shartlar |
|
1 |
Xizmat turidan foydalanuvchilar |
Kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda korporativ mijozlar:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATTning yoshi 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim); (AT “Aloqabank”da asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraq ochgan bo‘lishi kerak) |
|
2 |
Kredit miqdori |
A) Milliy valyutada (so‘mda): 10,0 mlrd. so‘mgacha B) AQSh dollarida: 1,0 million AQSh dollarigacha C) Xitoy yuanida: 5,0 million yuangacha |
|
3 |
Yangi ish o‘rniga talab |
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, har 1,0 milliard so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 2 nafar ishsizlarni ishga qabul qilish sharti bilan. |
|
4 |
Foiz stavkasi (yillik) |
A) Milliy valyutada (so‘mda): 21,0% B) AQSh dollarida: 12,0%
C) Xitoy yuanida: 10,0% Bunda: A) Milliy valyutada foizning 14,0% li qismi mijoz tomonidan to‘lanadi; 14,0% dan oshgan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kompensatsiyasi hisobidan qoplanadi (belgilangan muddat va shartlarda); B) Xorijiy valyutada foizning 6,0% li qismi mijoz tomonidan to‘lanadi; 6,0% dan oshgan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kompensatsiyasi hisobidan qoplanadi (belgilangan muddat va shartlarda). “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kompensatsiyasi va ko‘magi to‘xtatilgan yoki bekor bo‘lgan hollarda, foiz to‘lovlari qarzdor tomonidan to‘liq to‘lanadi. Izoh: Kredit maqsadsiz ishlatilganda yoki ishsiz aholi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor bo‘lganda kredit tijorat kreditiga o‘zgartiriladi hamda milliy valyutada yillik 26,0%, xorijiy valyutada yillik 14,0% miqdorida belgilanadi. |
|
5 |
Kredit muddati |
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: 36 oygacha; Izoh: kredit muddati loyihaning o‘zini qoplashini inobatga olgan holda belgilanadi. |
|
6 |
Imtiyozli davri (asosiy qarzdan) |
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: 6 oygacha; Izoh: imtiyozli davr loyihaning ishga tushishi va o‘zini qoplashini inobatga olgan holda belgilanadi. |
|
7 |
Kredit muddati va imtiyozli davrini belgilash |
Imtiyozli kredit ajratilishida har bir loyihaning xususiyatini e’tiborga olgan holda, loyihaning o‘zini qoplash davridan kelib chiqib, kreditning muddati va imtiyozli davri belgilanadi. Qarz oluvchilar faoliyatining mavsumiyligidan kelib chiqib, asosiy qarz to‘lovlari uchun mavsumiy qaytarish grafigi taqdim qilinishi mumkin. |
|
8 |
Kredit maqsadi |
AT "AloqaBank"ga biriktirilgan tuman va shaharlar uchun:
- ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish, o‘ziga tegishli biznes manzilida qurilish ishlarini amalga oshirish, asosiy vositalar va jihozlar sotib olish uchun hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirishga; Quyidagi maqsadlarga imtiyozli kreditlar ajratilmaydi:
- qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish; |
|
9 |
Kreditni ajratish shakli |
Kredit mablag‘i oldi-sotdi yoki import shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. Qarz oluvchining ehtiyoji va biznes-reja talabidan kelib chiqib, kredit naqd pulda ajratilishi mumkin. |
|
10 |
Valyuta turi |
Milliy valyuta – so‘mda, AQSh dollarida yoki Xitoy yuanida ajratiladi. |
|
11 |
Moliyalashtirish manbasi |
Bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilinadigan xorijiy liniyalar. |
|
12 |
Kreditni so‘ndirish shakli |
Differensial. |
|
13 |
Kredit ta’minoti |
Bankning “Kredit siyosati” va qonunchilik hujjatlariga asosan:
- Depozit Ta’minot vositalari milliy valyutadagi kreditning 125%idan, xorijiy valyutadagi kreditning 130%idan kam bo‘lmagan miqdorda taqdim qilinishi lozim. |
|
14 |
Taqdim qilinadigan hujjatlar |
- Ariza |
|
15 |
Ta’minot hujjatlari |
Mulk garovi bo‘yicha:
- mulkning baholash hisoboti; Uchinchi shaxs kafilligi mavjud bo‘lsa, tegishli hujjatlar. Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi (mol-mulklar bo‘yicha). Boshqa zaruriy hujjatlar. |
|
16 |
Qo‘shimcha shartlar |
- Asosiy va/yoki ikkilamchi hisobvaraq AT “Aloqabank”da ochilgan bo‘lishi; |