Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
...
Yangilash: ...

"Perfekt servis" kredit mahsuloti

Kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda korporativ mijozlar

21%
Foiz stavkasi
36 oydan 84 oygacha
Kredit muddati
10,0 mlrd. so‘mgacha
Kredit miqdori
Menyu

Kredit haqida


№

Ko‘rsatkichlar

Asosiy shartlar

1

Xizmat turidan foydalanuvchilar

Kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda korporativ mijozlar:

- yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATTning yoshi 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim);
- yuridik shaxslar.

(AT “Aloqabank”da asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraq ochgan bo‘lishi kerak)

2

Kredit miqdori

A) Milliy valyutada (so‘mda): 10,0 mlrd. so‘mgacha

B) AQSh dollarida: 1,0 million AQSh dollarigacha

C) Xitoy yuanida: 5,0 million yuangacha

3

Yangi ish o‘rniga talab

Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, har 1,0 milliard so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 2 nafar ishsizlarni ishga qabul qilish sharti bilan.

4

Foiz stavkasi (yillik)

A) Milliy valyutada (so‘mda): 21,0%

B) AQSh dollarida: 12,0%

C) Xitoy yuanida: 10,0%

Bunda:

A) Milliy valyutada foizning 14,0% li qismi mijoz tomonidan to‘lanadi; 14,0% dan oshgan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kompensatsiyasi hisobidan qoplanadi (belgilangan muddat va shartlarda);

B) Xorijiy valyutada foizning 6,0% li qismi mijoz tomonidan to‘lanadi; 6,0% dan oshgan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kompensatsiyasi hisobidan qoplanadi (belgilangan muddat va shartlarda).

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kompensatsiyasi va ko‘magi to‘xtatilgan yoki bekor bo‘lgan hollarda, foiz to‘lovlari qarzdor tomonidan to‘liq to‘lanadi.

Izoh: Kredit maqsadsiz ishlatilganda yoki ishsiz aholi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor bo‘lganda kredit tijorat kreditiga o‘zgartiriladi hamda milliy valyutada yillik 26,0%, xorijiy valyutada yillik 14,0% miqdorida belgilanadi.

5

Kredit muddati

- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: 36 oygacha;
- Asosiy vositalar, asbob-uskunalar sotib olish, qurilish ishlarini bajarish va boshqa maqsadlarda: 7 yilgacha.

Izoh: kredit muddati loyihaning o‘zini qoplashini inobatga olgan holda belgilanadi.

6

Imtiyozli davri (asosiy qarzdan)

- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: 6 oygacha;
- Asosiy vositalar, asbob-uskunalar sotib olish, qurilish ishlarini bajarish va boshqa maqsadlarda: 1 yilgacha.

Izoh: imtiyozli davr loyihaning ishga tushishi va o‘zini qoplashini inobatga olgan holda belgilanadi.

7

Kredit muddati va imtiyozli davrini belgilash

Imtiyozli kredit ajratilishida har bir loyihaning xususiyatini e’tiborga olgan holda, loyihaning o‘zini qoplash davridan kelib chiqib, kreditning muddati va imtiyozli davri belgilanadi.

Qarz oluvchilar faoliyatining mavsumiyligidan kelib chiqib, asosiy qarz to‘lovlari uchun mavsumiy qaytarish grafigi taqdim qilinishi mumkin.

8

Kredit maqsadi

AT "AloqaBank"ga biriktirilgan tuman va shaharlar uchun:

- Turizm va mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish va rivojlantirish uchun; uy sharoitlarida mehmonxona va hostellarni tashkil qilish uchun;
- Umumiy ovqatlanish, restoran biznesi va boshqa xizmatlarni tashkil qilish uchun;
- Savdo faoliyatini tashkil qilish hamda rivojlantirish uchun; aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadlarida;
- Franchayzing tarmoqlarini kengaytirish uchun; yangi filiallarini ochish, bino-inshootlar, asbob-uskunalar, mebel va maishiy texnikalar, asosiy vositalar sotib olish, jihozlash hamda boshqa maqsadlarda;
- Isitish tizimlarini va energiya tejamkor texnologiyalarni xarid qilish uchun;
- Tadbirkorlikda foydalanish maqsadida turar va noturar joy bino-inshootlarini sotib olish uchun, o‘ziga tegishli biznes manzilida qurilish ishlarini amalga oshirish, asosiy vositalar va jihozlar sotib olish uchun;
- Tijorat maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan avtotransport vositalarini, maxsus texnikalarni, logistika va tashishga mo‘ljallangan yengil va yuk avtotransport vositalarini hamda furalarni xarid qilish uchun (birlamchi va ikkilamchi bozordan);
- Mijozlarning tadbirkorlik loyihasiga ko‘ra qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda.

Quyidagi maqsadlarga imtiyozli kreditlar ajratilmaydi:

- qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;
- ilgari olingan kredit vositalarini yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish;
- loyihalar bo‘yicha biznesda (pul topishda) ishtirok etmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish;
- qonunchilikda taqiqlangan boshqa maqsadlar.

9

Kreditni ajratish shakli

Kredit mablag‘i oldi-sotdi yoki import shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.

Qarz oluvchining ehtiyoji va biznes-reja talabidan kelib chiqib, kredit naqd pulda ajratilishi mumkin.

10

Valyuta turi

Milliy valyuta – so‘mda, AQSh dollarida yoki Xitoy yuanida ajratiladi.

11

Moliyalashtirish manbasi

Bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilinadigan xorijiy liniyalar.

12

Kreditni so‘ndirish shakli

Differensial.

13

Kredit ta’minoti

Bankning “Kredit siyosati” va qonunchilik hujjatlariga asosan:

- Depozit
- Avtotransport vositalari
- Ko‘char va ko‘chmas mulklar
- Uchinchi shaxslarning kafilligi
- “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJning belgilangan miqdorlarda kafilligi
- Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ta’minot vositalari

Ta’minot vositalari milliy valyutadagi kreditning 125%idan, xorijiy valyutadagi kreditning 130%idan kam bo‘lmagan miqdorda taqdim qilinishi lozim.

14

Taqdim qilinadigan hujjatlar

- Ariza
- Biznes-reja. Bunda 500,0 million so‘m ekvivalentigacha kreditlar uchun biznes-reja talab qilinmaydi.
- Moliyaviy hisobotlar
- Ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnomasi)
- Kredit olish va ta’minot taqdim qilish to‘g‘risida ta’sischilarning rozilik qarori (yuridik shaxslar uchun)
- Faoliyat yuritish joyining kadastr hujjatlari (o‘ziga tegishli bo‘lsa) yoki ijara shartnomasi
- Boshqa zaruriy hujjatlar

15

Ta’minot hujjatlari

Mulk garovi bo‘yicha:

- mulkning baholash hisoboti;
- transport vositasining texpasporti, ko‘chmas mulk kadastr hujjati;
- garovga qo‘yish bo‘yicha ta’sischilar rozilik qarori (yuridik shaxs bo‘lsa);
- mulkning sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi.

Uchinchi shaxs kafilligi mavjud bo‘lsa, tegishli hujjatlar.

Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi (mol-mulklar bo‘yicha).

Boshqa zaruriy hujjatlar.

16

Qo‘shimcha shartlar

- Asosiy va/yoki ikkilamchi hisobvaraq AT “Aloqabank”da ochilgan bo‘lishi;
- Aloqabankdan va boshqa kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
- Aloqabankdan olingan joriy kreditlar soni 5 tadan oshmasligi (5 ta krediti bor mijozlarga ajratilmaydi);
- Ishchilarga Aloqabank plastik kartalari (ish haqi kartalari) ochilishini ta’minlash.


Kredit shartlari

Yillik foiz stavkasi
21%
Kreditning maksimal summasi
10,0 mlrd. so‘mgacha
Kredit muddati
36 oydan 84 oygacha
Kredit maqsadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish va savdo yo‘nalishlarida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish maqsadida
Ajratilish shakli
Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
Asosiy qarz va foizlarni soʻndirish
Har oy
Toʻlov usuli
Differensial
Rasmiylashtirish usuli
Bank ofisi
Imtiyozli davr
Ha (6 oygdan 12 oygacha)
Savollar va javoblar
Savollaringiz bormi? Ularga javoblarni bizning savollar va javoblar bazasidan topishingiz mumkin

Foydalanish shartlari

Zarur hujjatlar
  • Ariza
  • Biznes-reja. Bunda 500,0 million so‘m ekvivalentigacha kreditlar uchun biznes-reja talab qilinmaydi.
  • Moliyaviy hisobotlar
  • Ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnomasi)
  • Kredit olish va ta’minot taqdim qilish to‘g‘risida ta’sischilarning rozilik qarori (yuridik shaxslar uchun)
  • Faoliyat yuritish joyining kadastr hujjatlari (o‘ziga tegishli bo‘lsa) yoki ijara shartnomasi
  • Boshqa zaruriy hujjatlar

Mulk garovi bo‘yicha:

  • mulkning baholash hisoboti;
  • transport vositasining texpasporti, ko‘chmas mulk kadastr hujjati;
  • garovga qo‘yish bo‘yicha ta’sischilar rozilik qarori (yuridik shaxs bo‘lsa);
  • mulkning sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi.

  • Uchinchi shaxs kafilligi mavjud bo‘lsa, tegishli hujjatlar.
  • Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi.
  • Boshqa zaruriy hujjatlar.

Talablar
  • Asosiy va/yoki ikkilamchi hisobvaraq Aloqabankda ochilgan bo‘lishi;
  • Colvir KFO va "Colvir CBS" dasturlarida STOP-FАKTOR va АNАLIZ-SKORING avtomat tahlillaridan oʼtsa
  • Aloqabankdan va boshqa kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • Aloqabankdan olingan joriy kreditlar soni 5 tadan oshmasligi (5 ta krediti bor mijozlarga ajratilmaydi);
  • Ishchilarga Aloqabank kartalari ochilishini ta’minlash.
Kredit taʼminoti
  • depoziti;
  •  avtotransport vositalari;
  •  ko‘char va ko‘chmas mulklar;
  • Uchinchi shaxslarning kafilligi
  • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJning belgilangan miqdorlarda kafilligi
  • Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ta’minot vositalari
  • Ta’minot vositalari milliy valyutadagi kreditning 125%idan, xorijiy valyutadagi kreditning 130%idan kam bo‘lmagan miqdorda taqdim qilinishi lozim.




Sizga yordam berishdan xursandmiz
Agar savollaringiz bo‘lsa, ularga konsultantlarimiz javob beradilar.
+998 71 230-77-77
Kontakt-markazi 24/7

«Zoomrad» mobil ilovasi - onlayn to'lovlar va raqamli bank xizmatlari.

Boshqa kreditlar

«Tadbirkor ayol» kredit mahsuloti
21-22%
Foiz stavkasi
24 oydan - 7 yilgacha
Kredit muddati
10 mlrd. 300 mln so‘mgacha
Kredit miqdori

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun

«Yoshlar bandligi uchun» imtiyozli kredit mahsuloti
MB asosiy stavkasi + 4,0%
Foiz stavkasi
7 yilgacha
Kredit muddati
10,0 mlrd. so‘mgacha
Kredit miqdori
Mikrokredit
Bazaviy stavka + 5,0%
Foiz stavkasi
3 yilgacha
Kredit muddati
300 mln. so‘mgacha
Kredit miqdori

Kredit ishlab chiqarishni tashkil etish, bino va inshootlarni, asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun ajratiladi.

Аylanma mablagʼlarini toʼldirish uchun
Bazaviy stavka + 4,0% dan
Foiz stavkasi
18 oygacha
Kredit muddati
loyiha bo‘yicha
Kredit miqdori

Kredit korporativ mijozlar va kichik korxonalarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi.

Revolver-aylanma modulli krediti
25%
Foiz stavkasi
12 oygacha
Kredit muddati
3,0 mlrd. so'mgacha
Kredit miqdori

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun (faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish maqsadida)

Аvtokredit
Bazaviy stavka + 5,0%
Foiz stavkasi
3 yilgacha
Kredit muddati
Аvtotransport qiymatining 64%igacha miqdorda
Kredit miqdori

Kredit birlamchi bozordan avtotransport vositasini xarid qilish uchun korporativ mijozlar va kichik biznes subyektlariga beriladi.

Tadbirkorlik faoliyati uchun ko‘chmas mulk
Bazaviy stavka + 5,0%
Foiz stavkasi
3 yilgacha
Kredit muddati
Bino-inshoot umumiy (smeta) qiymatining 70%igacha miqdorda
Kredit miqdori

Kredit tadbirkorlik faoliyatida foydalanish maqsadida ko‘chmas mulkni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun ajratiladi.

Аsbob-uskunalar
Bazaviy stavka + 5,0%
Foiz stavkasi
3 yilgacha
Kredit muddati
Аsbob-uskuna qiymatining 70%igacha miqdorda
Kredit miqdori

Kredit tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun asbob-uskunalarni sotib olishga ajratiladi.

Investitsion kredit
Bazaviy stavka + 5,0%
Foiz stavkasi
10 yilgacha
Kredit muddati
Investitsion loyihaning 70%igacha miqdorda
Kredit miqdori

Kredit investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun korporativ mijozlar va kichik biznes subyektlariga ajratiladi.

Xorijiy valyuta kreditlari
13% dan
Foiz stavkasi
3 yilgacha
Kredit muddati
Loyiha qiymatidan kelib chiqqan holda
Kredit miqdori

Kredit asbob-uskunalarni sotib olish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va boshqa maqsadlar uchun chet el valyutasida eksport tushumiga ega korporativ mijozlar va kichik biznes subyektlariga ajratiladi.

Dashbord
Barcha muhim to‘lovlar va oʻtkazmalar bir joyda
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Keshbek
Toʻlovlar va xatto pul oʻtkazmalari uchun qulay keshbek
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Omonatlar
Onlayn omonatlarni oching
va jamgʻarmalaringizni koʻpaytiring
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Kontakt-markazi 24/7
Ishonch telefoni
Ish tartibi: dushanba-juma 09:00-18:00
Komplayens xizmati telefoni
Ish tartibi: dushanba-juma 09:00-18:00
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X