2023 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlarining 9 161,9 mlrd. so‘mi yoki 57,0 foizi kredit qo‘yilmalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
2023 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 1 225 806 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (1 049 471 ta) nisbatan 176 335 taga oshdi va o’sish 116,8 foizni tashkil etdi.
Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to‘lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni yig‘ishga alohida e’tibor qaratilganligi sababli joylarda 13 758 ta terminal va 13 815 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o‘tgan yilning shu davriga (13 985 ta terminal, 11 971 ta elektron E-POS terminal) nisbatan 1 617 taga ko‘paydi va o‘sish 106,2 foizni tashkil etdi.