2015 yil 1 aprel holatiga bank aktivlari 967,2 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (748,5 mlrd. so’m) nisbatan 218,7 mlrd. so’m yoki 129,2 foizga o’shdi.

2015 yil 1 aprel holatiga bank aktivlarining 722,9 mlrd. so’mi yoki 74,7 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga ajratilgan kreditlar qoldig’i o’tgan yilning shu davriga (503,4 mlrd. so’m) nisbatan 219,5 mlrd. so’mga oshib, o’sish 143,6 foizni tashkil etdi.

2015 yil 1 aprel holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 215 546 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (186 904 ta) nisbatan 28 642 taga oshdi va o’sish 115 foizni tashkil etdi.

2015 yilning I choragi davomida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 7 535 taga yoki 103,6 foizga oshdi. Naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va bank tizimi orqali pul aylanishini yanada jonlantirish maqsadida bugungi kunda 4 485 ta terminal va 83 ta riderlar o’rnatilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga (3 808 ta) nisbatan terminallar soni 677 taga ko’payib, o’sish 117,8 foizni tashkil etdi.