2015 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlari 1 116,3 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (875,8 mlrd. so’m) nisbatan 240,5 mlrd. so’m yoki 127,5 foizga o’shdi.

2015 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlarining 845,3 mlrd. so’mi yoki 75,7 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga ajratilgan kreditlar qoldig’i o’tgan yilning shu davriga (605,2 mlrd. so’m) nisbatan 240,1 mlrd. so’mga oshdi.

2015 yil 1 oktyabr holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 233 368 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (200 639 ta) nisbatan 32 729 taga oshdi va o’sish 116,3 foizni tashkil etdi.